Nova Code
Mijozlar uchun saytlar, Odoo ERP modullari, ichki ofis tizimlari va AI yechimlar. Kompaniya sayti va unga Telegram orqali kontent qo'shuvchi AI bot, ovozli AI yordamchi va call-markaz ilovalari ustida ishlayman.
ERP, CRM, AI yordamchilar, Telegram botlar va yuz tanish terminallari bilan ishlaydigan tizimlar — g'oyadan production serverga qadar.
Men Sirojiddin Askaraliev, biznes jarayonlarini avtomatlashtiradigan dasturchiman. Beton zavodidan aviakassagacha, fitnes zaldan ziyoratgohgacha — har bir loyihada men kod emas, ishlaydigan natija topshiraman: backend, frontend, botlar, AI va deploy bitta qo'lda.
Mijozlar uchun saytlar, Odoo ERP modullari, ichki ofis tizimlari va AI yechimlar. Kompaniya sayti va unga Telegram orqali kontent qo'shuvchi AI bot, ovozli AI yordamchi va call-markaz ilovalari ustida ishlayman.
Production darajadagi platformalar: Qutayba ibn Muslim ziyoratgohi uchun RAG asosidagi ovozli AI gid, ilmiy salohiyat akademiyasi sayti, aviakassa tizimi va korporativ landinglar.
REST API, CRUD servislar va landing sahifalar. Python, Django va PostgreSQL bilan professional yo'lim shu yerda boshlangan.
Chipta dilerlari uchun moliyaviy balans tizimi: PWA, hamkorlar uchun Telegram bot, Excel hisobotlar va AI reklama matnlari.
Ziyoratgoh uchun RAG asosidagi AI: matn va ovozli chat, STT/TTS, bilim bazasi va admin tekshiruv jarayoni.
↗
Odoo'da agentlar savdosi, filiallararo ko'chirish va menejer nazorati: buyurtmalar joyida rasmiylashtiriladi, qoldiq va narxlar real vaqtda ko'rinadi.
↗
Yo'l qurilishi kompaniyasi uchun brigadir paneli, avtomatik davomat, kamerali o'tish nazorati, yoqilg'i va ichki reyslar hisobi.
↗
Ishlab chiqarish, ombor, xarid va moliya bitta bazada: buyurtmadan tayyor mahsulotgacha xarajatlar real vaqtda, kunlik hisobot Telegramga keladi.
↗
Kamerali kirish-chiqish nazorati va foto-qaydlar arxivi, transport va haydovchilar hisobi, HR va davomat, sotuv, kassa va xarid modullari.
↗Modulli, ko'p ijarali ERP: bitta o'rnatishda bir nechta kompaniya, real-time yangilanishlar va fon vazifalar.
Alpomish, N1 va Jahon Fitness uchun desktop dasturlar: xodim yuzlarini Hikvision va Dahua terminallariga yuklash va davomatni yig'ish.
Telegram guruhdan kelgan topshiriqni AI agentlar ekipaji bajaradi; jarayon real vaqtda Kanban va 2D ofis xaritasida ko'rinadi.
Kompaniya sayti va Telegram orqali ikki saytga AI yordamida kontent qo'shuvchi bot, SEO va server render.
↗Gemini Live API ustida real vaqtda gaplashadigan ovozli yordamchi: audio oqim, transkript va qo'ng'iroq oqimi.
Qurilish xizmatlari bozori: mijozlar buyurtma joylaydi, ustalar o'z xizmatlarini taklif qiladi.
↗Do'kon uchun CRM: sotuv va xarid, qarzlar, xodimlar va mijozlar uchun Telegram bot, avtomatik cheklar.
NSD Corporation uchun akademiya sayti va boshqaruv paneli.
↗Guruh a'zolarini hisoblovchi konkurs boti, CLICK orqali to'lov qabul qiluvchi bot va CloudPlay AI support bot.
Sirojiddin Askaraliev — O'zbekistonda ishlaydigan full-stack va backend dasturchi. 2025-yil noyabridan Nova Code (novacode.uz) kompaniyasida, 2024-yil sentyabridan esa NSD Corporation (nsdcorporation.uz)da ishlaydi. 2023-yildan beri Python, Django va React bilan tijorat loyihalarini qurib keladi.
ERP va CRM tizimlar, Odoo joriy etish va modullar (Filtr.uz, Don Xolm, Belita, N1 Beton loyihalari — odoo.novacode.uz), Django/FastAPI backend va REST API, React saytlar, Telegram botlar, AI yordamchilar (RAG, ovozli AI) hamda Hikvision va Dahua yuz tanish terminallari bilan integratsiya.
Python, Django, Django REST Framework, FastAPI, PostgreSQL, Celery, Channels, React, Astro, HTMX, Odoo, aiogram 3, Docker, Nginx va LLM/RAG vositalari.
Saytdagi aloqa formasi orqali Telegram (t.me/sirojiddindev) yoki sirojiddin.eu@gmail.com manziliga yozing. Odatda 24 soat ichida javob beraman.